Qarorga köra, 2020 yil sentabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam körsatiladi:

  • moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalarning röyxatlariga («temir daftar») kiritilgan oilalarning 16 yoşga tölmagan bolalariga;
  • boquvçisini yöqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvçi oilalarning 16 yoşga tölmagan bolalariga;
  • nogironligi bölgan 16 yoşga tölmagan bolalarga.

Bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoşga tölmagan bola uçun 500 ming söm etib belgilanmoqda.

Qayd etilişiça, moddiy yordam çoralari bilan 810 mingdan ziyod bolalar qamrab olinadi va ular uçun budjet mablağlari hisobidan 400 milliard sömdan ortiq mablağ sarflanadi.

Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda moddiy yordam mablağlarini tarqatiş uçun naqd pul bilan ta'minlaş böyiça mas'ul etib belgilangan.