Bugun, 27 avgust kuni Yoşlar press-klubi binosida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida ğoliblikka erişgan öquvçilar va ularning öqituvçilarini bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbir davomida 6 nafar öquvçi va ularning yana şunça nafar öqituvçilari taqdirlangan.

Ma'lumot uçun, joriy yilda masofaviy tarzda ötkazilgan xalqaro kimyo va biologiya fan olimpiadalarida iştirok etgan Özbekiston terma jamoasi a'zolari yurtimiz şarafini munosib himoya qildi.

Xususan, 25 iyul kuni dunyoning 60 davlatidan 235 nafar iqtidorli öquvçi qatnaşgan nufuzli 52–xalqaro kimyo fan olimpiadasi ötkazildi.

Unda Özbekiston terma jamoasining 4 nafar öquvçisi 2 ta kumuş, 1 ta bronza medallarini qölga kiritdi.

24 avgust kuni ötkazilgan, dunyoning 52 davlatidan 262 nafar öquvçi qatnaşgan 31–xalqaro biologiya fan olimpiadasida esa 4 nafar özbekistonlik öquvçi 1ta oltin va 2 ta kumuş medallarini qölga kiritgandi.

Sovrinli örinlarni qölga kiritgan bu yoşlarni bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlaş böyiça esa Özbekiston prezidentining qarori imzolangan.

Biologiya yönalişidagi mukofotlar Özbekiston xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov tomonidan quyidagi öquvçilarga topşirildi:

  • Xalqaro fan olimpiadasidagi oltin medali uçun Toşkent pediatriya tibbiyot instituti qoşidagi akademik litsey öquvçisi Saida Valijonova 111 mln 500 ming söm miqdorida;
  • Kumuş medali uçun Buxoro davlat universiteti qoşidagi akademik litsey öquvçisi Ravşanbek Karimov 66 mln 900 ming söm miqdorida;
  • Kumuş medali uçun Jizzax davlat pedagogika universiteti qoşidagi akademik litseyi öquvçisi Sardor Tojiboyev 66 mln 900 ming söm miqdorida.

Kimyo yönalişidagi mukofotlar Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa'dullayev tomonidan quyidagi öquvçilarga topşirildi:

  • Kumuş medali uçun Toşkent pediatriya tibbiyot instituti qoşidagi akademik litsey öquvçisi Mirumid Mirakbarov 66 mln 900 ming söm miqdorida;