IIV rasmiysining qayd etişiça, imtihon belgilangan tartibda ötgan va heç qanday köngilsizlik yuz bermagan.

2 sentyabrda testda qatnaşişi rejalaştirilgan 118 500 abituriyentning 112 188 nafar abituriyent imtihonda qatnaşgan. 6 312 nafar abituriyent esa turli sabablarga köra imtihonga kelmagan.

«Qayta-qayta ogohlantirişlarga qaramay abituriyentlar özlari bilan imtihon hududiga turli elektron vositalar va şpargalkalar olib kirişga urinişi holatlari kuzatildi.

Bugun 59 nafar abituriyent kiriş imtihonlaridan çetlaştirildi. Ularning 33 nafari qöl telefonlari, 4 nafari qölbola yasalgan elektron qurilmalar, 5 nafari şpargalka bilan kirişga harakat qilgan, yana 5 nafari boşqa abituriyent örniga kirişga uringan», – deb ma'lum qildi Şohrux Ğiyosov.