2020 yilning 1 sentabr kuni soat 01:00da noma'lum şaxs Andijon viloyati Böston tumani Guzar MFY A.Navoiy köçasida yaşovçi 46 yoşli D.X.ga tegişli bölgan va uning yaşaş xonadoni darvozasi yonida turgan Nexia rusumli avtomaşinasini olib qoçib ketgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, mazkur holat yuzasidan Böston tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan noma'lum şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Şu kuni soat 10:00da olib qoçilgan transport vositasi YTH sodir qilgan holatda Böston tumani Navröz MFY Nurafşon köçasi öramidan oqib ötgan “Navröz ariği”dan topilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, mazkur jinoyatni 24 yoşli O.X. sodir etganligi aniqlanib, u jinoyat işi böyiça gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.