Qaror bilan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi (OÖMTV), Madaniyat vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining «Ilhom» mukofotini ta'sis etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
 
Norma’ning yozişiça, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Ilhom» mukofoti tanloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi;
  • Mukofot uçun tanlov ötkaziş qoidalari va şartlari, taşkil etiş hamda ötkaziş, mukofotni topşiriş va moliyalaştiriş tartibini nazarda tutuvçi «Ilhom» mukofoti bilan taqdirlaş tartibi töğrisidagi nizom.

 Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • mukofot şoir va yozuvçilar hayoti hamda ijodini örganiş, ularning asarlarini tarjima qiliş, şu asosda tadqiqotlar ötkaziş, kino va sahna asarlari yaratiş kabi ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erişgan oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoşlarga beriladi;
  • mukofot uçun tanlovni ötkazişga OÖMTV mas'ul hisoblanadi, IIV, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, «Özbekkino» Milliy agentligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yozuvçilar uyuşmasi hamda Özbekiston Badiiy akademiyasi hamkor vazirlik va idoralar etib belgilandi;
  • mukofot bilan taqdirlaş har yili 20 may – Adiblar xiyoboni oçilgan kunda «Katta adabiyot bayrami» haftaligi doirasida amalga oşiriladi;
  • tanlov ğoliblariga maxsus diplom va statuetkadan taşqari quyidagi mukofotlar topşiriladi:
  • 1-örin uçun – «Spark» yengil avtomobili;
  • 2-örin uçun – 30 mln söm pul mukofoti;
  • 3-örin uçun – 15 mln söm pul mukofoti.

OÖMTVga Madaniyat vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va «Özbekkino» milliy agentligi bilan birgalikda «Ilhom» mukofoti bilan taqdirlaş böyiça dasturni ikki oy muddatda işlab çiqiş va tasdiqlaş hamda tadbirlarning yuqori saviyada taşkil etilişini ta'minlaş topşirildi.
 
Özbekiston Badiiy akademiyasiga OÖMTV buyurtmasiga binoan mukofot statuetkasi eskizi loyihasini uç oy muddatda işlab çiqiş hamda tasdiqlaş uçun Taşkiliy qömitaga kiritiş topşirildi.