«Test sinovlarini tugatiş uçun eng oxirgi muddat 13 sentabr etib belgilangan. Ayrim viloyatlarda bundan oldinroq ham imtihon yakunlanadi. Masalan, Farğona viloyatida 11 sentyabrda tugaydi.
Bundan taşqari, tana harorati yuqori abituriyentlar uçun alohida imtihon taşkil etiş közda tutilgan. Agar ob-havoda özgariş bölmaydigan bölsa, bunday abituriyentlar uçun 17 sentabr kuni imtihon taşkil etilişi rejalaştirilgan», – dedi u 6 sentabr kungi matbuot anjumanida.
DTM rasmiysining qayd etişiça, 17 sentyabrdan söng bir hafta içida – 24 sentyabrgaça bölgan vaqtda tanlov natijalarini, ya'ni abituriyentlarning talabalikka qabul qilingani haqidagi natijalarni e'lon qiliş rejalaştirilgan.
«Appelyatsiya şikoyatini ham tanlov natijalari e'lon qilingandan söng yuboriş mumkin böladi. Hozir bu şikoyat arizasini ham onlayn formatda qiliş rejalaştirilmoqda», – deya qöşimça qildi Barno Rajabov.


















