«Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 31 avgustdagi 45-sonli bayoniga muvofiq ayni kunlarda 30 kişilik töylar ötkazilişiga ruxsat berilgan. Agar karantin çoralari kuçaytirilmasa şu tartib sentabr oyida ham davom etadi», dedi Rustam Ikromov.

Brifingda maktab oşxonalarida bir martalik idişlarda qaynoq içimlik va şirinliklar sotiş töğrisidagi savolga ham javob berildi.

«Maktablardagi oşxonalarga koronavirus infeksiyasining oldini olişga qaratilgan tartiblarga amal qilgan holda faoliyat körsatişlariga ruxsat berildi. Bunda asosiy e'tibor, ovqatlarning xavfsizligiga, ovqatlaniş joylari muntazam zararsizlantirilişiga, oşpazlar va iste'molçilarning ijtimoiy masofa saqlaşi hamda şaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilişiga qaratilişi lozim», dedi ştab a'zosi.