Hujjat Prezidentning 17.06.2019 yildagi «Qişloq xöjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5742-son Farmoniga muvofiq işlab çiqilgan.
Norma’ning yozişiça, nizom Prezidentning 17.06.2019 yildagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qişloq xöjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş konsepsiyasi doirasida foydalanişga kiritilayotgan yer maydonlariga, dehqon xöjaliklari, ilmiy-tadqiqot taşkilotlari, ularning filiallari va ilmiy tajriba stansiyalari yer maydonlariga tatbiq etilmaydi.
Qişloq xöjaligi, suv xöjaligi, iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirliklari, Davergeodezkadastrga qişloq xöjaligi ekinlari joylaştirilgan maydonlarning konturlar kesimidagi elektron xaritalarini işlab çiqiş vazifasi topşirildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga har yili 1 sentyabrga qadar qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş natijalariga muvofiq tumanlarni va hududlarni (massivlarni) ixtisoslaştiriş böyiça aniq takliflarni Qişloq xöjaligi vazirligiga taqdim etib boriş vazifasi topşirildi.
Qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştiriş quyidagilarga asoslanadi:
- fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi taşkilotlarining ixtisoslaşuvi va takliflari;
- içki va taşqi bozor talablari;
- hududlarning tabiiy iqlim şaroiti va suv bilan ta'minlanganlik darajasi;
- suğoriladigan va lalmi yer maydonlarining meliorativ holatini tahlil qiliş.
Qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştiriş tartibi töğrisidagi nizom bilan davlat boşqaruvi organlari, xususan qişloq xöjaligi, suv xöjaligi, iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirliklari, Davergeodezkadastr hamda boşqalarning qişloq xöjaligi ekinlarini samarali joylaştiriş tizimini taşkil etiş, ularni joylaştiriş böyiça işlarning monitoringini yuritiş vazifalari ham belgilangan.
Hujjat 25.08.2020 yildan kuçga kirgan.

















