Vazirlar Mahkamasi Qişloq xöjaligi ekinlarining yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklaş, saqlaş va ularning original uruğçiligini taşkil etiş çora-tadbirlari dasturini tasdiqladi.
 
Hujjat Prezidentning 17.06. 2019 yildagi «Qişloq xöjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5742-son Farmoni ijrosi doirasida işlab çiqilgan.
 
Norma’ning yozişiça, qişloq xöjaligi ekinlarining yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklaş hamda istiqbolli navlarning original uruğçiligini taşkil etiş sohasida quyidagilar Qişloq xöjaligi vazirligi va Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • jahon amaliyotida keng qöllanilayotgan zamonaviy usul va texnologiyalardan foydalangan holda mahalliy navlar asosida suv tanqisligi va şörga moslaşgan, kompleks qimmatli xöjalik belgilariga ega bölgan yangi navlarini va ularning genetik pasportlarini yaratiş hamda seleksiyada birlamçi materiallarni tanlab oliş samaradorligini oşiriş;
  • içki va taşqi bozor talabidan kelib çiqqan holda noan'anaviy qişloq xöjaligi ekinlari navlarini xorijiy mamlakatlardan introduksiya qiliş;
  • qayta tiklangan qişloq xöjaligi ekinlarining mahalliy navlarini sinovdan ötkaziş hamda ularni davlat reyestriga kiritiş va boşqalar.

Qişloq xöjaligi vazirligiga Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni amalga oşiriş vazifasi topşirildi:

  • qişloq xöjaligi ekinlarining yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini baholaş mezonlarini işlab çiqiş va tasdiqlaş;
  • qişloq xöjaligi ekinlarining yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini aniqlaş va örganiş böyiça işçi guruhi tarkibini şakllantiriş va tasdiqlaş;
  • yetakçi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qiliş;
  • 3 oy muddatda meva va uzumning yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan yuqori sifat körsatkiçiga ega, suvsizlikka çidamli navlari köçatlarini «Invitro» laboratoriyalarida köpaytiriş işlarini taşkil etiş.

Qaror bilan işçi guruhining asosiy vazifalari ham belgilangan.