8 sentabr kuni, jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudi binosida beş nafar sobiq IIB xodimiga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud boşlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sudlanuvçilar:
- N. Ovlayev — Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boşliği lavozimida işlagan;
- A. Janqabilov — Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida işlagan;
- Ş. Raxmonov — Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida işlagan;
- A. Tojinorov — Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida işlagan;
- B. Ğayratov — Çiroqçi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida işlagan.
Uşbu jinoyat işi Özbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi K. Tolliboyev raisligida hamda sudyalar E. Ergaşev va R. Orziqulovdan iborat sud tarkibida körilmoqda.
Sudlanuvçilar quyidagi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanoqda:
- N. Ovlayev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 234-moddasi (qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş), 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayri insoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) va 241−1-moddasi (jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş) da;
- A. Janqabilov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;
- Ş. Raxmonov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi, 235-moddasi va 241−1-moddasida;
- A. Tojinorov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 206-moddasi, 234-moddasi va 235-moddasida;
- B. Ğayratov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 241−1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar.
Sud jarayoni davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, 2020 yilning yanvar oyida Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanining Langar qişloğida yaşovçi fuqaro Yu. A. çorva mollari öğirligida gumon qilinib, tuman IIB xodimlari tomonidan qattiq kaltaklanişi oqibatida vafot etgan edi. Holat böyiça öşa paytdayoq jinoyat işi qözğatilgan, bir qator IIB xodimlarining hibsga olinişidan taşqari tuman va viloyat IIBdagi qator mas'ul xodimlar ham işdan olingandi.
















