Tadbirda sözga çiqqan Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov uşbu anjumanning juda muhim va dolzarb ekani, uning nomlanişi esa özbek-tojik hamkorligining bugungi ruhini aniq aks ettirişini ta'kidladi.
SMTI vakilining sözlariga köra, döstona munosabatlar va mamlakatlar örtasidagi yaxşi qöşniçilik munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga çiqişi, avvalo, Özbekiston va Tojikiston prezidentlarining siyosiy irodasi, yuksak işonçi va strategik qaraşlari natijasidir.
E.Aripovning sözlariga köra, yuqori darajadagi muloqot faol va doimiy xarakterga ega. Xususan, 2018 yilda ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinçi marta özaro davlat taşriflari bölib ötdi. Umuman olganda, 2016 yil sentyabr oyidan boşlab Özbekiston va Tojikiston rahbarlari turli xil sammitlar doirasida taxminan 15 marta uçraşişdi.
Qisqa vaqt içida mamlakatlar deyarli barça sohalarda misli körilmagan yutuqlarga erişdilar. 2015 yildan beri özaro savdo hajmi deyarli 3 baravarga oşdi. Pandemiya davom etayotganiga qaramay, joriy yilning 7 oyida savdo hajmi 2015 yoki 2016 yil bilan soliştirganda oşdi.
Şuningdek, qöşma korxonalar soni ösib bormoqda - 2017 yildan boşlab Özbekistonda qöşma korxonalar soni qariyb 4 baravarga oşdi. Jumladan, agar 2017 yilda Özbekistonda 100 foiz tojik kapitali iştirokida 1 ta korxona bölgan bölsa, bugungi kunda ularning soni 70 taga yetgan, qöşma korxonalarning umumiy soni esa 170 dan ortiqni taşkil qilmoqda.
Ötgan yili Özbekiston va Tojikiston örtasida avtomobil transporti orqali yuk taşuvlari hajmi 60 foizga ösdi. 2017 yildan buyon "Özbekiston havo yöllari" MAK Tojikiston yönalişi böyiça yuk taşuvlari hajmini taşişni 6 baravarga oşirdi.
Ayni vaqtda, ötgan yillarda göyoki yeçimi bölmagan, murakkab va nozik hisoblangan - çegara va suv-energetika sohasidagi masalalar ham öz yeçimini topdi.
E.Aripov ta'kidlaganidek, bu özgarişlarning barçasi oddiy fuqarolar hayotida sezilmoqda. Köp yillar davomida birinçi marta ular öz qarindoşlari va döstlarinikiga tösiqsiz va erkin taşrif buyuriş imkoniyatiga ega bölişdi. Hozirda Özbekiston-Tojikiston çegarasini har kuni 20 mingga yaqin kişi ötadi. Uç yil oldin esa bu körsatkiç bor-yöği 3-3,5 mingni taşkil qilar edi.
E.Aripovning fikriça, Toşkent va Duşanbe örtasidagi munosabatlar, ikki davlat örtasidagi özaro aloqalarni yaratişning "namunaviy modeli" bölib xizmat qilişi uçun barça asoslar yetarli.
Özbekiston va Tojikiston ötkir muammolar va qarama-qarşiliklar tösiqlar emas, balki muloqot va muzokaralar uçun mavzu bölişi mumkinligini amalda körsatişdi. Bu mintaqadagi boşqa davlatlar tomonidan muhim formula sifatida qöllanişi mumkin. Zero, yakunda Markaziy Osiyodagi barqarorlik va farovonlik — mintaqadagi barça davlatlar örtasidagi işonçli aloqalarga asoslanadi va rivojlanadi.

















