“Men Rossiya prezidentidan ba'zi turdagi qurollarni söradim. Unga kelganingizda Ittifoqdoş davlat borasida nimani va qayerda mustahkamlaş kerakligini körib çiqamiz, dedim. Qörqadigan joyimiz yöq, biz bunga borişga tayyormiz”, deb aytgan Lukaşenko.
Uning ta'kidlaşiça, oxirgi hodisalar “belaruslar va rossiyaliklar manfaatlarini dadilroq himoya qiliş kerakligini” körsatmoqda.
Lukaşenko “kimdir Belarus zaiflaşib qoldi, qarşilik körsata olmaydi, Rossiya çetga ötib oladi”, deb öylayotgan bölsa yanglişişini va “ahmoqlargina bunday öylaşini” aytgan.
“Biz nafaqat Belarusdagi, balki çegaralarimiz böylab ham vaziyatni nazorat qila olamiz. Brestdan Vladivostokkaça bölgan umumiy vatanimizni mudofaa qiliş borasida işonçli ekanimizga şubha qilmasangiz ham böladi”, deb ta'kidlab ötgan Belarus rahbari uçraşuvda.
Bundan taşqari, Lukaşenko Şoyguga Brest yaqinida ötayotgan “Slavyan birodarligi” harbiy maşğulotlarini davom ettirişni va yangi qöşma maşğulotlar ötkaziş haqida öylab körişni taklif qilgan.
“Biz kimnidir asabiylaştirişni, surbetlik bilan biror narsa qilmoqçi emasmiz, biroq öz manfaatlarimizni himoya qilişimiz lozim”, deb aytib ötgan Belarus rahbari.
Şoygu, öz navbatida, Belarus va Rossiya dastlabki rejaga köra joriy yilda harbiy sohada 130ga yaqin tadbir ötkazmoqçi bölganini ma'lum qilgan.
“Afsuski, bu rejani faqatgina 30 foizga bajardik. Biz yil oxirigaça juda bölmasa 70 foizlik natijaga çiqişimiz lozim. Buning uçun jipslaşib, hozir borayotgan maşğulotlarning ikkinçi bosqiçini ötkazişimiz kerak. Oktyabrda navbatdagi maşğulotlarni ötkazamiz”, deb ta'kidlab ötgan Rossiya mudofaa vaziri.
Avvalroq, 14 sentyabrda Lukaşenko Soçida Putin bilan uçraşgandi.

















