Inspektorning aytişiça, mahalladagi işsizlar paxta mavsumida qöşimça daromad qiliş uçun faqat öz ixtiyoriga köra paxta terimiga jalb qilinişi mumkin. Bunda paxtaga jalb qilinayotgan mahallaning işsiz fuqarolariga paxtaga çiqiş böyiça barça mehnat şaroitlari, ya'ni paxta puli, yotoq puli, iş haqining beriliş tartibi va boşqalar haqida oldindan ma'lumot berilişi kerak.

«Işsiz fuqarolardan taşqari, budjyet taşkilotlarida işlovçi xodimlar ham işdan böş vaqtlarida, ya'ni şanba va yakşanba kunlari qöşimça daromad topiş maqsadida öz xohişlariga köra paxta terimida qatnaşişlari mumkin», – dedi Gulruh Niyozmetova 21 sentabr kungi brifingda.