Davlat test markazi Oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlari yakunlarini e'lon qildi. Unga köra, davlat granti asosida örtaça ötiş bali – 133,3 ballni, tölov-kontrakt asosida örtaça ötiş bali – 110,6 ballni taşkil qilgan.
Bu yil 1 örin uçun tanlovda 10,6 nafar abituriyent (2019 yilda – 10,3) iştirok etgan.
Davlat granti asosida minimal ötiş balli – 68 ball, tölov-kontrakt asosida minimal ötiş balli – 56,7 ball etib belgilangan.
«Şuningdek, yoşlarning ta'lim olişi uçun imkoniyat yaratiş maqsadida bazaviy tölov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball töplagan abituriyentlarga tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş imkoniyati yaratiladi. 2019 yilda 32 948 nafar abituriyent uşbu imkoniyatdan foydalangan», deb yozmoqda DTM sayti.
Abituriyentlar tabaqalaştirilgan tölov-kontraktda öqiş imkonidan foydalaniş (superkontrakt) uçun 26 sentyabrdan boşlab OTMlarga murojaat etişlari mumkin.
Davlat test markazining apellyatsiya komissiyasi 28 sentabr kuni faoliyat boşlaydi.
Bunda, apellyatsiya şikoyati Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali qabul qiliş boşlanadi.
Apellyatsiya şikoyatini bergan abituriyentlarga uni körib çiqiş sanasi va vaqti körsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda özining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelişi şart.
Eslatib ötamiz, tanlov natijalari bugun, 25 sentabr kuni soat 15:00da DTM rasmiy sayti orqali e'lon qilinişi boşlandi.

Lekin DTM saytida nosozliklar kuzatilmoda.
Test natijalarini qanday biliş mumkin?
















