2020 yilning 11 sentabr kuni Buxoro viloyati Qoraköl tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida, 35 yoşli  D.M. (ayol) giyohvandlik vositasini sotib oliş uçun borgan fuqaroning giyohvandlik vositasini iste'mol qilişi uçun özining Qoraköl tumanida joylaşgan yaşaş uyida giyohvandlik vositalari va maxsus moslamalar bilan ta'minlab, giyohvandlik vositasini iste'mol qilişga şaroit yaratib berib, bangixona saqlaş jinoyatini sodir qilgan vaqtda tadbir iştirokçilari tomonidan aniqlangan.

D.M.ning yaşaş uyidan giyohvandlik vositasini çekişda foydalanilgan bir dona yelim idiş (baklaşka), 1 dona sigareta qutisi, falga qoğoz bölaklari, yongan gugurt çöplari qoldiqlari, sigareta qoldiqlari, 1 dona stakan, 1 dona 50 ming sömlik kupyuradagi pul hujjatlaştirilib olingan. Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga köra, bir dona yelim idişning (baklaşka) içida sof oğirligi 0,24 gramm bölgan marixuana giyohvandlik vositasi mavjudligi körsatilgan.

Şuningdek, D.M. 200 ming söm pullar evaziga fuqaroga marixuana giyohvandlik vositasini sotganligi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirilgan. Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga köra, tadbirda olingan moddaning sof oğirligi 2,39 gramm marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraköl tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan D.M. (ayol) Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud özganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravişda tayyorlaş yoki qayta işlaş, şuningdek bunday vositalarni iste'mol qiliş yoki bangixona taşkil  etiş va saqlaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.