Mazkur miqdorlar bu yilgi imtihonda töplagan balli ötiş balli çegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va 56,7dan köproq ball töplagan abituriyentlar uçun, faqat birinçi öquv yilida qöllaniladi. Kunduzgi ta'lim uçun bu yil 10 foizlik çegirma qöllanadi.

Narxlar avvalgi yillarga qaraganda arzonlaşgan. Aksariyat yönalişlar uçun oddiy kontraktning 8 baravari belgilangan. Eng arzon kontrakt 5,8 mln söm ekani hisobga olinsa, xalq tilida «super-muper kontrakt»ning eng arzoni 46,2 mln sömni taşkil etadi.

Eng qimmat yönaliş hamon yurisprudensiya bölib turibdi – oddiy kontraktning 25 baravari (birgina şu yönalişda minimal miqdor özgarmay qolgan). Bu – 207 mln sömdan ortiqni taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt qiymatini OTM rektorlari mustaqil belgilaydi, ammo ular belgilagan miqdor Davlat komissiyasi tasdiqlagan miqdorlardan kam bölmasligi kerak. Şu boisdan super-kontraktda öqiş istagidagi abituriyentlar aniq miqdorlar haqidagi ma'lumot uçun OTMga murojaat etişlari lozim.

Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev bu yilgi taxminiy oddiy kontrakt miqdorlarini hisoblab çiqqan