Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining xabar berişiça, mavjud tartibga köra, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam bölmagan miqdorda OTM tomonidan mustaqil belgilanişi mumkin.

«Masalan, moliya yönalişi böyiça oşirilgan kontrakt bazaviy miqdorning 15 baravari etib belgilangan bölsa, Toşkent moliya instituti mazkur körsatkiçni 17 baravar etib belgilaşi, Termiz davlat universiteti esa özgartirmasligi mumkin edi.

Mazkur tartib ötgan yilgi qabulda amaliyotga joriy etilgan», deb tuşuntirmoqda vazirlik.

Lekin pandemiya şaroitidan kelib çiqib, davlat komissiyasi tomonidan 2020–2021 öquv yili qabuli uçun istisno tariqasida OTM tomonidan tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt miqdorlari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalaştirilgan (super kontrakt) tölov-kontraktning minimal mikdorlaridan oşirilmaydi.

Biroq özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötgan OTMlar bundan mustasno. UrDU, SamDÇTI, SamISI, TDYuU, TDIU, TMI, TDŞU, ToşFarmI, ÖzDJTU, TTYMI – hozirgi Transport universiteti superkontrakt miqdorini oşiriş huquqiga ega.

Avvalroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar 5ta yönalişdan birida, qaysidir yönaliş talabasi bölgan abituriyentlar ham balli yetmagan yönalişda super kontraktda öqişga ruxsat etilgani ma'lum qilingan edi. Faqat qabul ballar ketma-ketligiga muvofiq amalga oşiriladi.