Bilimli yigit yoki qiz 189 ball töplagan bölsa-da, tölov-şartnoma asosida qabul qilingan, lekin undan ança past ball olgan abituriyent xuddi şu OTMning xuddi şu yönalişiga grantga öqişga kirgan holatlar talaygina.

Töğri, sport musobaqalari ğoliblari umumiy kvotadan taşqari hisoblanganda köpçilik maksimal ball töplagan abituriyentlar grantga ötkazildi. Lekin hali ham maksimal ball bilan şartnoma asosida talabalikka qabul qilinganlar safida qolayotganlar köp. Şundaylar orasida bölajak tibbiyot kadrlari ham bor.

Ular şifokor bölaman deb qaror qabul qilganda va özi tanlagan yönalişga hujjat topşirayotganda tasdiqlangan qabul kvotasida grant örinlari bölmagani uçun maksimal ball töplasa ham şartnoma asosida öqişini bilgan. Lekin şunga qaramay qabuldagi tuşunarsiz tartib ularni adolat izlaşga majbur qilmoqda.

Respublika böyiça tibbiyot OTMlarining kunduzgi bölimlariga soğliqni saqlaş sohasida oliy ma'lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bölgan hududlar uçun maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan. Unga köra, tibbiyot xodimlariga ehtiyoj yuqori bölgan hududda istiqomat qiluvçi yoşlar öqişni tugatganidan söng ma'lum muddat işlab beriş şarti bilan maqsadli qabul tanlovida iştirok etadi. Va qaysi tumanga maqsadli qabul uçun neçta örin ajratilgan bölsa, da'vogar abituriyentlardan eng yuqori ball yiğgan şunçasi grant asosida talabalikka qabul qilinadi.

Masalan, Toşkent Tibbiyot akademiyasining davolaş işi yönalişiga Bektemir tumani yoşlari uçun maqsadli qabul asosida ta'lim özbek tilida olib boriladigan yönalişda 2ta grant örni ajratilgan. Va şu tuman yoşlari uçun grantga ötiş 148,2 ball bölgan. Vaholanki, maqsadli qabul doirasida tanlovda qatnaşmaganlar uçun xuddi şu OTM, şu yönalişga tölov-şartnomaga ötiş balli 179,5 ballni taşkil qilgan