Maktabgaça ta'lim vazirligi 15 oktyabrdan ota-onalar farzandlarini boğçaga qabul qilişni sörab elektron navbatga turişi mumkinligini ma'lum qildi. Pandemiya davrida maktabgaça ta'lim muassasalariga elektron qabul töxtatib qöyilgan edi.

Yöllanmalar elektron navbat orqali beriladi
MTV xabarida qayd etilişiça, 15 oktyabrdan e'tiboran davlat boğçalariga qabul uçun talabnomalarni elektron tarzda yuboriş tizimi qayta işga tuşadi. Tizimga kelib tuşgan yöllanmalarga elektron generatsiya yordamida işlov berilgaç, ota-onalar özi yaşayotgan hududdagi davlat xizmatlari markaziga borib yöllanmani olişi kerak böladi.

Farzandi boğçaga qabul qilinişi söralgan talabnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborgan ota-onalar esa davlat xizmatlari markaziga borib ötirmay, yöllanmani printer orqali bosib çiqarişi mumkin.

Agar maktabgaça ta'lim taşkilotidagi möljallangan guruh hali oçilmagan bölsa yoki epidemiologik vaziyat tufayli ota-onalarning istagi bilan bola uyda qoldirilsa, u holda ota-onalar bola masofaviy öqitişga ötkazilişiga oid yozma ravişda xabarnoma taqdim etişi kerak böladi. Bu vaziyatda bolaning boğçadagi örni saqlanadi, şuningdek, uşbu davrda ota-onalardan heç qanday tölov undirilmaydi.

Vazirlikning ogohlantirişiça, yöllanmani 15 kun davomida MTTga taqdim etib, bola qabulini rasmiylaştiriş talab etiladi. Berilganiga 15 kundan köp bölgan yöllanmalar esa kuyadi.

Boğçalar oçilişini mahalliy kengaşlar hal qiladi
Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxöjayevaning ma'lum qilişiça, hududlardagi maktabgaça ta'lim muassasalari iş boşlaşi uçun xalq deputatlari tuman-şahar kengaşlari va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati ruxsati talab etiladi.

«Vazir hamma boğçalarning oçilişiga ruxsat bergan. Lekin boğça oçilişi uçun xalq deputatlarining hududlardagi mahalliy kengaşlari xulosasi talab etiladi. Çunki bu masalaga deputatlar va mahalliy hokimliklar mas'ul hisoblanadi.

Şu sababli, viloyatlar kesimida xalq deputatlarining barça tuman va şahar kengaşlari xulosalarini olamiz. Ular boğçalarning oçilişiga ruxsat berişgan taqdirda butun respublika böylab maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyati tiklanadi.