Bler Vaşingtonga xususiy samolyotda uçgan. U 2 kunlik safaridan qaytgaç öz vatanida 2 haftalik karantindan ötişi kerak bölgan. Britaniyada ayni vaqtda koronavirus tarqalişiga qarşi şunday çora amal qilmoqda.

Sobiq boş vazir vataniga qaytgandan 10 kun ötgaç, Londondagi restoranlardan birida suratga tuşirilgan. 

Britaniyada ba'zi odamlar karantindan ozod qilingan, biroq Blerda bunday ruxsatnoma bölmagan.

Bler vakilining ma'lum qilişiça, sobiq boş vazir Oq uyda Isroilning BAA va Bahrayn bilan diplomatik aloqalar örnatişi tantanali marosimida qatnaşgan. AQŞ Blerni uşbu munosabatlarni örnatişda faollik körsatgani uçun taklif qilgan. Ta'kidlanişiça, sobiq boş vazir heç kimga xavf solmagan, çunki AQŞga jönaşidan oldin ham, Oq uyga kelgaç va u yerdan qaytgaç ham koronavirusga tahlillar topşirgan.  

Toni Bler Britaniya boş vaziri lavozimini 1997 yildan 2007 yilgaça egallagan.