Masjid – moddiy dunyoni ma'naviy dunyo bilan boğlovçi köprik, duolar ijobatini yaqinlaştiruvçi, biz ojiz bandalar uçun qudratli Yaratganning yordamini jalb qiliş imkonini yaratuvçi imtiyozli maskan. Imtiyozli – çunki aynan şu maskanga kirib, ibodat qilib, duo qilsangiz, söraganingiz ezguliklar sizga, yurtingizga, xalqingizga yetişi ehtimoli yuqorilaydi.
Diniy ta'limotlar insonlar boşiga keladigan balo-ofatlarni insonlar jamiyatining ma'naviy olam qonuniyatlaridan uzoqlaşişi bilan boğlaydi. Ofatlarni aritiş uçun esa öşa qonuniyatlarga qaytişga da'vat qilinadi. Zero, bunda insonlarning notöğri tasarrufidan hatto osmonlar aziyat çekişini aytadi.
Xususan, Islom ta'limotida masjidlarda jamlanib, ibodat qilib, avval sodir etilgan notöğri amallar uçun tavba-tazarru qiliş öşa – uzoqlaşib ketilgan ma'naviy ustunlarga qaytiş va şu yösinda ofatlarni aritiş yöli deb tuşuntiriladi.
Hozirda bu biz uçun... nihoyatda dolzarb.
2018 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida diniy taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkaziş, qayta röyxatdan ötkaziş va tugatiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi 409-son qarori qabul qilingan. Uşbu qarorga muvofiq, «Diniy taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun rozilik beriş tartibi töğrisida» nizom işlab çiqilib, 2018 yil 27 sentyabr kuni Adliya vazirligida 3071-son bilan röyxatdan ötkazilgan.
Mazkur hujjatlar bugungi kunda amalda «işlamayotgan» ba'zi qaror va hujjatlar qatorida turadi, desak, töğri böladi. Zero, öz vaqtida yopilib, ibodat qilinmay böş turib qolgan masjidlarni qaytadan oçiş maqsadida yuqoridagi nizomda körsatilgan talablar asosida barça tegişli hujjatlarni taqdim etib, oylab, yillab sarson-u sargardon bölgan, natijada arzimas «kamçiliklar» sabab masala ijobiy yakun topmagan holatlar köp.
Masalan, Özbekiston musulmonlar idorasi ma'lumotiga köra, idoraga 2018 yilda 86ta masjidni oçiş yuzasidan murojaatlar kelib tuşgan, biroq şulardan 13tasigina oçilgan. 2019 yilda esa ÖMIga 140dan ortiq şunday murojaat kelib tuşgan, ammo amalda 9 dona masjid oçilişiga ruxsat berilgan, xolos...
Vaziyatga «teparoqdan» qaraşga urinib, statistikaga murojat etamiz, tahlil va taqqoslaş uçun:
- turli ma'lumotlarga köra Rossiya Federatsiyasida hozirda 24 milliondan 37 milliongaça musulmonlar yaşaydi, masjidlar soni esa 8 mingga yaqin;



















