OTMlarga kiriş uçun harbiy tavsiyanomaga ega bölgan abituriyentlarning imtiyozi hisoblanmay qolgani ortidan ular bir neça marta Davlat test markazi binosi oldida töplandi. Birinçi marta 5 oktyabrda norozilik bildirgan abituriyentlar bugun ham Davlat test markazi binosi oldiga yiğilgan.

Muammo 1 800 abituriyentning harbiy tavsiyanoma imtiyozi OTMlarga kiriş imtihoni jarayonida tasdiqlanmay va oqibatda, umumiy kvotadan taşqari 5 foizlik kvota doirasida hisoblanmay qolgani bilan boğliq. Imtiyozi hisoblanmagan abituriyentlarning aksari özi hujjat topşirgan OTMlarning «harbiylar uçun ötiş balli»dan yuqoriroq töplagan bölsa-da, talabalikka qabul qilinmagan.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazi direktori Majid Karimovning abituriyentlar bilan uçraşganida tuşuntiriş bergan ovozli yozuvi tarqaldi. Ovoz aynan Majid Karimovga tegişli ekanini DTM matbuot xizmati Kun.uz’ga tasdiqladi.

Majid Karimovning tuşuntirişiça, harbiy tavsiyanoma bilan röyxatdan ötgan abituriyentlarning tavsiyanomalari tasdiqlaş uçun tegişli vazirliklarga yuborilgan. Tavsiyanomalarning 1 800tasi vazirliklar tomonidan tasdiqlab berilmagan. Şuning uçun ular imtihonda alohida kvotada hisoblanmagan.

«Hozir imtiyozlarni hisoblaş işlari bormoqda. Boş vazir qolib ketgan barça harbiy imtiyozlarni tasdiqlab, qayta körib çiqiş topşiriğini bergan. 1 800ta imtiyozning katta qismi tasdiqlab berildi, faqat ma'lum qismi tasdiqlanişi kutilmoqda. Agar kimning imtiyozi asosli bölsa, muammosi hal böladi, asossiz bölsa ham, biz izohini beramiz.

Agar ballingiz tortilgan çiziqdan tepada bölsa, hammangiz talaba bölasiz. Qabul komissiyasi raisining şaxsan özi qöşimça kvota berilişini va harbiy imtiyozi tasdiqlanadiganlarning talabalikka qabul qilinişini aytgan. Bundan oldin talaba bölganlar ham çiziqdan pastga tuşib ketmaydi», – degan Majid Karimov abituriyentlar bilan uçraşuvda.

Uning qöşimça qilişiça, abituriyentlar «yana ozgina kutib turişlari kerak. Uzoği bilan 3-4 kunda iş tugaydi. Har bir abituriyentning şaxsiy kabinetida kirgan-kirmagani yoziladi».