Turkiyaning Yevroittifoq va AQŞ bilan munosabatlari keskinlaşişi ortidan turk lirasining AQŞ dollariga nisbatan qiymati rekord darajada tuşib, 1 dollar uçun 8 lirani taşkil etdi.

 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Fransiya prezidentiga nisbatan keskin bayonot berişi hamda YeIning bunga munosabati sababli duşanba kuni lira qadri 1 foizga pasaydi.

Fransiya ötgan haftada Erdöğanning mamlakat prezidenti Emmanyuel Makron töğrisidagi sözlaridan söng Turkiyadagi elçisini çaqirtirib oldi. Makronning musulmonlar şa'niga aytgan gaplaridan keyin Erdöğan Fransiya prezidenti "ruhan davolanişi" kerakligini aytgandi.

 Parij va YeI rahbariyati uning bu sözlarini qöpollik deb topdi hamda Erdöğandan Yevroittifoqqa nisbatan hurmatda bölişga çaqirdi.

 Bundan taşqari, Erdöğan 25 oktabr kuni Turkiya Amerika sanksiyalari tahdidiga qaramasdan Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualaridan voz keçmasligini ta'kidladi.