Google’ning çekka hududlarda internetga kirişni ta'minlaş bilan şuğullanuvçi şö'ba kompaniyasi Loon LLC havo şarlarining stratosferadagi parvozi davomiyligi böyiça rekord örnatdi. 

Kompaniya havo şari osmonda 312 kun qolgan. Bu esa avvalgi rekorddan 89 kun köproqni taşkil qiladi. Şar Puerto-Rikoda havoga uçirilgan, söngra u Peruga yöllangan va u yerda 3 oy davomida internetga kiriş nuqtasi sifatida xizmat qilgan. Şundan keyin şar Janubiy Atlantika, Hind okeanini kesib ötib, Meksikaga yönalgan. 10 oy davomida havo şari umumiy hisobda 135 ming mil (217 ming km) uçib ötgan. 

Loon texnik direktori Salvatore Kandidoning ma'lum qilişiça, şar stratosferada maxsus dizayn va materiallar evaziga bunday uzoq vaqt qola olgan. 

Muhandislar kelgusida qurilma konstruksiyasiga tegişli tuzatişlar kiritiş uçun uning telemetriyasi ortidan kunböyi kuzatuv olib borişgan.