Bugun, 30 oktabr kuni Davlat test markazi rahbariyati iştirokida “2020/2021 öquv yilida bakalavriat ta'lim yönalişlariga qabul uçun ötkazilgan test sinovi yakunlari, tahlil va xulosalar” mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda markaz direktori örinbosari Sardor Rajabov joriy yilgi test sinovlari uçun abituriyentlardan qança mablağ yiğilgani haqida axborot berdi.
“Joriy yilgi test sinovlari uçun abituriyentlardan 80 milliard sömdan ortiq mablağ kelib tuşgan. Imtihonlar ötkaziladigan stadionlar haqida aytadigan bölsak, stadionlarning faqat 2-3 tasi bilan şartnoma tuzib, mablağ ötkazib berilgan. Qolgan holatlarda stadionlar hokimliklar tomonidan taqdim etilgan. Ya'ni bularga DTM mablağlari sarflanmagan”, – deya Rajabovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qöşimça qilinişiça, abituriyentlardan yiğilgan mablağlarning bir qismi tibbiy niqob, qölqop, ruçka, içimlik suvlari, guruh nazoratçilari hamda uşbu jarayonga jalb etiladigan xodimlarga sifatli tuşlik uçun sarflangan.
Şuningdek, Davlat test markazining hududiy bölimlari binolari ham abituriyentlardan kelib tuşgan mablağlar hisobiga şakllantirilişi ma'lum qilindi.


















