Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimovning Kun.uz'ga bergan intervyusi 3 noyabr kuni e'lon qilingandi. Suhbatda iqtisodçi kambağallik hamda uni aniqlaş mezonlariga töxtalib ötgan. Xususan, u mamlakatdagi kambağallar sonini hisoblab körişda qöllanadigan mezonlar haqida ma'lumot bergan.

«Jahon banki hisoblab çiqqan insonning kunlik minimal xarajatlari bor. Masalan, bu xarajat 1,9 dollardan past bölmasligi kerak. Örta past daromadli davlatlarda bir şaxsning kunlik xarajatlari 3,2 dollardan kam bölsa, u kambağallikda yaşayapti, deya hisoblanadi. Şu örinda aytiş kerakki, 3,2 dollar – aholining tölov (xarid) qobiliyati böyiça aniqlangan summadir. Masalan, şu pulga AQŞda nima xarid qila olsangiz, şu narsani Özbekistonda qançaga xarid qiliş mumkin? Şuning uçun, aniqlangan summani nisbiy hisoblaş maqsadga muvofiq böladi.

Jahon bankining ta'rifi böyiça, oilangizda beş kişi bölib, har bir jon boşiga 3,2 dollar, ya'ni 5600 sömdan köp daromad qilsangiz, demak, siz kambağal oilaga kirmaysiz», — degan u.

Obid Hakimov Jahon banki hisoblarini keltirarkan, unda aniqlangan 3,2 dollarni 5600 söm qiymatda talqin etişi quyidagiça izohlanadi.

Xarid qobiliyati paritetining konvertatsiya koeffitsiyenti (PPP conversion factor) har yili Jahon banki tomonidan e'lon qilinadi. Masalan, 2018 yili Özbekiston uçun 1 AQŞ dollarining PPP qiymati 1784 sömni taşkil etgan. Ya'ni AQŞda 1 dollarga qança mahsulot sotib oliş mumkin bölsa, öşa mahsulotni Özbekistonda 1 784 sömga xarid qiliş imkoni bölgan. Uşbu körsatkiç 2019 yilda 2 091 sömni taşkil etgan