Aqtöbe viloyati politsiya departamenti ma'lumotlariga köra, Qozoğiston hududida noqonuniy ravişda bölgan şaxslarni topiş böyiça rejali tadbirlar davomida 1962 yil 2 mayda tuğilgan Özbekiston fuqarosi M.B. aniqlangan. Uning iş beruvçisiga nisbatan Qozoğiston Jinoyat kodeksining 128-moddasida közda tutilgan «Odam savdosi» böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

M.B. Qozoğistonga 1996 yilda kelgan, 2004 yilda doimiy yaşaş ruxsatnomasini olgan va Qozoğistonda muntazam yaşaydi.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillari bilan suhbat çoğida M.B. hozirgi iş beruvçisiga nisbatan şikoyati yöqligini, iş, yaşaş va iş haqi şartlari özini qoniqtirişini, Özbekistonga qaytiş niyati yöqligini va Olmaota şahriga, Qozoğiston fuqarosi bölgan qizining uyiga köçib ötişni rejalaştirayotganini bildirdi.

Jinoiy iş alomatlari yöqligi va mehnat qulligi faktlari tasdiqlanmagani munosabati bilan qözğatilgan jinoyat işi yopildi, deyiladi Taşqi işlar vazirligi tomonidan tarqatilgan xabarda.