Fermer xayriya qilgan şoli Istiqlol mahallasidagi 43 ta, Qiyot mahallasidagi 39 ta, Ming Boğolon mahallasidagi 40 ta va Oça-qal'a mahallasidagi 39 ta oilaga bölib berilgan.
Tuman hokimligi xabariga köra, Ming Boğolon mahallasida yaşovçi Otabek Qurbonov «Xorazm faxri» fermer xöjaligi rahbari sanaladi.
Avgust oyi oxirida Özbekistonda 409 mingta oila «temir daftar»ga kiritilgani, ularning a'zolari soni 1,7 mln kişi ekani ma'lum qilingandi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi vakili uşbu 409 mingta oiladagi işsizlar soni 396 ming nafar ekani va ular yil oxiriga qadar iş bilan ta'minlanişini aytgandi.

















