«Quvasoysement» va «Ohangaronsement» gaz bosimi pasayib ketgani sabab sement işlab çiqarişni töxtatdi, deya xabar bermoqda Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi.
Ma'lum qilinişiça, sönggi kunlarda havo haroratining keskin pasayişi aholining gazga bölgan ehtiyojini oşirgan. Natijada sement işlab çiqaruvçilarga yetkazib beriladigan gaz bosimining pasayişiga öz ta'sirini körsatgan.
Buning oqibatida esa «Quvasoysement» va «Ohangaronsement» tomonidan sement işlab çiqarilişi töxtatilgan. Şu boisdan, ikkala işlab çiqaruvçining sement mahsuloti ötgan haftada fond birja röyxatiga olinmagan.
Mazkur vaziyatdan kelib çiqib, bölib ötgan savdolarning örtaça kunlik hajmi 30 ming tonnani taşkil etgan. Bu avvalgi belgilangan 46 ming tonna hajmdagi savdolarga nisbatan 34 foizga kamayganligini körsatmoqda.
Sotilgan sement hajmi 141 ming 919 tonnani taşkil etgan. Bu avvalgi kimoşdi savdosida sotilgan sement hajmidan 68 ming 456 ming tonnaga kamdir. Bu holat savdo hajmining ham pasayişi, uning narxining oşişiga olib kelgan. Hafta boşida 1 kilogramm sement 512 söm bölgan bölsa, hafta oxirida u 539,1 sömgaça (yoki 5 foizga) kötarilgan.
Mazkur holat savdo iştirokçilari kamayişiga ham öz ta'sirini körsatdi. Sotuvçilar 1054 dan 817 nafarga kamaygan bölsa, xaridorlar 556 nafardan 373 nafargaça kamayganini kuzatiş mumkin.
25 noyabr kuni telegramdagi Bakiroo kanali muallifi ijtimoiy tarmoqda bildirilgan ma'lumotga asoslanib, «sement işlab çiqaruvçi gigantlar «Ohangaronsement» va «Quvasoysement» işlab çiqariş quvvatlari gaz ta'minotidan uzilgan»i haqida xabar bergandi. Kanal muallifining yozişiça, bu holat garçi mavsum bölmasa-da, sement narxlarining keskin kötarilişiga olib kelgan.
Keyinroq Energetika vazirligi Özbekistonda sement işlab çiqaruvçi zavodlarga elektr energiyasi yetkazib berilişi töxtamaganini ma'lum qildi.
Tovar xomaşyo birja ma'lumotiga köra, şu yilning 20 noyabr kuni «Ohangaronsement» AJ tomonidan birja savdolariga qöyilgan portlandsementning (PsX) 1 tonnasi örtaça 504 ming sömdan sotilgan. Şu kuni «Quvasoysement» AJ tomonidan savdoga qöyilgan M-400 sementining 1 tonnasi örtaça 631 ming sömga sotilgan.











