Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Botir Zaripov sözga çiqdi.
“Hozir izlanişda bölgan, özini qiynayotgan hokimlar kerak, işbilarmon kerak, xalqning dardini tuşunadigan, xalqning dardi bilan yaşaydigan rahbarlar kerak. Bu zamonning talabi. Çunki bugungi islohotlarning qay darajada amalga oşişi rahbarlarning dunyoqaraşiga, halol va pok, tadbirkor va taşabbuskor bölişiga boğliqdir. Rahbarlik lavozim yoki mansab emas, avvalo, odamlarga xizmat qiliş mas'uliyati ekanini barça töğri tuşunib olişi zarur. Rahbar degani hammadan köproq işlab, fuqarolar saodati va yurt ravnaqi uçun yelib-yuguradigan fidoyi inson bölişi kerak. Çunki xalq hamişa öz dasturxoniga, turiş-turmuşiga qarab rahbarlarning işiga baho beradi”, — dedi viloyat rahbari.
Sessiyada 2017 yildan beri Peşku tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Amrillo Nazarov viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangani ma'lum qilindi.
Peşku tumaniga esa Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boşqarmasi boşliği Vahob Qahhorov hokim etib tasdiqlandi.
Bundan oldin, Buxoro va Jondor tumanlariga yangi hokim tasdiqlangani xabar berilgandi.

















