Imkoniyati çeklangan bolalarning 21 363 nafari ta'lim bilan qamrab olingan – ular respublikada mavjud 86 ta jismoniy va aqliy rivojlanişida nuqsoni bor bolalar uçun ixtisoslaşgan maktab va maktab-internatlarda tahsil olişadi.

Şulardan biri – Toşkent şahridagi 25-sonli imkoniyati çeklangan bolalarga ixtisoslaştirilgan maktab.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan maktab öquvçilari uçun bayram tadbiri taşkil etildi. Bu haqda tadbirni kuzatgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Bolalar ham multqahramonlar, fokusçi va qöşiqçilarning tomoşasidan zavq olişdi, ham şe'r va qöşiq borasida öz mahoratlarini körsatişdi.

«Maktabda matematika, alifbe fanlari yoqadi. Katta bölsam, dodamga yordamçi bölaman. Bugungi bayram zör», – deydi maktabning 6-sinf öquvçisi Farrux bola tili bilan.

Mazkur maktabda 224 nafar ruhiy buzilişlari bölgan öquvçilar tahsil oladi.

«Bolalar umumta'lim fanlarini öqiş bilan birga, çilangarlik, duradgorlik, tikuvçilik, şaxmat-şaşka, sport maşğulotlari bilan şuğullantiriladi. Har bir bola alohida yondaşuvni talab qilgani bois, pedagog xodimlar ular bilan individual şuğullanişga harakat qilişadi», – deydi maktab direktori Madina Kurvanbekova.

Madina Kurvanbekova

YUNISEF ma'lumotlariga köra, Özbekistonda nogironligi bor bolalarning nafaqa oliş huquqiga ega bölişi oson emas. Buning uçun ular nogironlikni belgilaşning murakkab jarayonidan ötişlari kerak, bu jarayon esa mablağ sarflaşni talab qiladi. Şu sababli nogironligi mavjud bolalarning qariyb yarmi (48 foizi) ana şu nafaqani olmayapti.