Sessiyada 2017 yildan buyon Jarqörğon tumani hokimi lavozimida işlab kelgan Ziyodulla Davlatov Şerobod tumani hokimi etib tayinlanganligi ma'lum qilindi.

Jarqörğon tumaniga esa 2018 yildan beri Özbekiston quriliş vaziri örinbosari lavozimida işlagan Bahodir Öroqov hokim etib tasdiqlandi.

B. Öroqov 1979 yilning 17 fevralida Jarqörğon tumanida tuğilgan. 1999 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş muhandislari oliygohi, 2008 yilda Toşkent moliya instituti, 2016 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

2003-2005 yillarda Surxondaryo viloyati moliya boşqarmasi yetakçi iqtisodçisi, 2005-2017 yillarda Özbekiston Respublikasi moliya vazirligi investitsiyalar boşqarmasi bölim boşliği, 2017-2018 yillarda Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi örinbosari lavozimlarida işlagan.

Bundan oldin, Şerobod tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar berilgandi.