YUNISEF Özbekistonda aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga koronavirus pandemiyasining ta'siri böyiça tahlillarini ma'lum qildi. Unga köra, pandemiya oqibatida mamlakatda 300 mingdan 1,2 mln nafargaça bola kambağallikka tuşib qolişi mumkin, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Parlament a'zolari va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirokida ötkazilgan «Zamonaviy dunyo muammolariga qarşi tura oladigan ijtimoiy himoya tizimi» davra suhbatida bildirilişiça, pandemiya davrida kambağallik darajasining oşişi, 900 mingdan ziyod kişi kambağallik yoqasiga kelib qolişi qayd etildi.

«Pandemiya oqibatida mamlakatda işsizlik körsatkiçi ötgan yilning avgust oyidagi 9,1 foizdan 13,2 foizga oşdi. Migratsiyaning qisqarişi hisobiga pul ötkazmalari hajmi 20–25 foizga kamaygan.

Şu bilan birga, iqtisodiy ösişning sekinlaşişi oqibatida ijtimoiy himoya uçun mablağ ajratiş hajmi qisqarişi mumkin.

Norasmiy sektorda band bölgan aholining 60 foizida daromadning pasayişi kuzatilgan. Kam daromadli oilalarning qariyb 40 foizi uçun bolalar nafaqasi yagona daromad manbayi bölib qolgan», – dedi YUNISEFning ijtimoiy siyosat böyiça dasturi rahbari Tinatin Baum.