Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati rahbari Farhod Babaşevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, OTMlarda an'anaviy ta'limga qaytilganiga bir oy bölişiga qaramay talabalar orasida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan.

«Har bir OTMda koronavirusga gumon qilingan va koronavirusga çalinganlarni joylaştiriş uçun maxsus izolyatorlar taşkil qilingan. Hozir izolyatorlarning barçasi böş. Lekin onlayn öqiyotgan talabalar orasida kasallanganlar va uyida davolanayotganlar bölişi mumkin. Biroq bu böyiça statistika yöq», deya qayd etdi Farhod Babaşev.

Şuningdek, vazirlik matbuot kotibi OTMlarning koronavirusdan profilaktika maqsadida dori va vitaminlar sotib olişi lozimligi töğrisidagi qarorga ham izoh berdi.

«Haqiqatan ham OTM xodimlari va talabalarini koronavirus infeksiyasidan himoya qilişga oid qöşma qaror imzolandi. Qarorda körsatilgan dori-darmonlar OTMga biriktirilgan tibbiyot muassasalari tavsiyasi asosida xarid qilinadi hamda talabalar va öqituvçilarga tarqatiladi. Lekin heç qaysi OTM şifokor tavsiyasisiz dori sotib olmaydi.

OTMlarga şifokorlar tavsiya asosida dori va vitaminlar sotib oliş, agar ortiqça xarid qilinsa, saqlaş muddati talablariga amal qilgan holda zaxira şakllantiriş böyiça xat yuborilgan», deya ma'lumot berdi vazirlik rasmiysi.

Ma'lumot uçun, vazirliklar imzolagan qöşma qarorga köra, talabalar va xodimlarga koronavirus profilaktikasi uçun gidroksixloroxin va sink preparatlari tarqatilişi, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan va unga gumon qilinganlarga esa vitamin D, vitamin S, paratsetamol, atsetilsalitsil kabi vitamin va dorilar berilişi qayd etilgan. Dorilar xaridi OTMlarning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.