Uning sözlariga köra, bir neça kun avval bir guruh deputatlar avtomobil çiroqlarini kunduz kuni yoqib yurişni majburiy etuvçi Vazirlar Mahkamasi qaroriga özgartiriş kiritiş böyiça öz taklifini boş vazir Abdulla Aripovga yuborgan.

“Yuborgan murojaat va takliflarimiz hukumat tomonidan bee'tibor qoldirilmadi. Mendagi ma'lumotlarga köra, boş vazirimiz topşiriqlariga asosan 2019 yil 4 iyunda qabul qilingan “Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 460-sonli qaror bekor qilinişi kutilmoqda. Şu bilan jamoatçilik e'tiroziga sabab bölgan “faralar” masalasiga nuqta qöyiladi, deb umid qilamiz.

Hukumat tomonidan jamoatçilik fikri, deputatlar murojaatiga befarq bölmay, qabul qilinayotgan qaror va hujjatlarda xalq manfaatlari inobatga olinayotganini doim olqişlaymiz. Zero, bu biz qurişni istayotgan Yangi Özbekiston, ya'ni qonun ustuvorligiga asoslangan, demokratik davlatning asosiy şartidir”, — deb yozadi deputat.

Avvalroq, 2021 yildan boşlab sutkaning har qanday vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlar yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovçilar jarimaga tortilişi ma'lum qilingandi.

IIV YHXBB xabariga köra, “Yöl harakati qoidalari”ning 138-bandida “Kunning yoruğ vaqtida barça avtomototransport vositalari yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şart”ligi belgilangan.

Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi “Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 460-son qarori 2-bandida 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi böyiça talab avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi körsatilgan.