Senatorlar Oybek Orifbekoviç Usmonovni Özbekistonning Pokistondagi elçisi lavozimiga tayinlaş töğrisida qaror qabul qildi.

Elçi lavozimiga nomzodni taqdim etiş uçun söz taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Farhod Orziyevga berildi. 

«Özbekiston Respublikasining şu kungaça Misrda favqulodda va muxtor elçisi bölib işlab kelgan Oybek Orifbekoviç Usmonovni Özbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elçisi lavozimiga tayinlaş böyiça taklif kiritilmoqda», - dedi taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari.

Oybek Usmonov 1962 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 1985 yilda Toşkent Davlat universitetini şarq tillari va adabiyoti mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 

1998 yildan buyon Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur davr mobaynida Taşqi işlar vazirligi Markaziy apparati, şuningdek, Özbekiston Respublikasining Karaçi şahrida Pokiston boş konsuli bölgan. Özbekiston Respublikasining Isroil davlati hamda Pokistonda favqulodda va muxtor elçisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

2011-2013-yillarda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri örinbosari lavozimida işlagan. 2013 yildan hozirgi kunga qadar Özbekiston Respublikasining Misrdagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimida faoliyat körsatgan hamda 2020 yilda örindoşlik asosida Özbekistonning Marokaşdagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimida işlagan.