Tuzatmalarga köra, Qozoğiston taşqarisida joylaşgan xorijiy banklarda hisobraqamlar, omonatlar oçiş va ularga egalik qiliş, naqd pul va moddiy qimmatliklar saqlaş taqiqlanadi. Bu taqiqlov mas'ul davlat lavozimlarini egallovçi yoki davlat vazifalarini bajarişga vakolatli şaxslar hamda mansabdor şaxslarga joriy qilinadi. Şuningdek, parlament deputatlari va sudyalarga ham xorijiy hisobraqamlarga ega böliş taqiqlanadi. Bundan taşqari, oğir va öta oğir korrupsiyaviy jinoyatlar uçun sudlangan şaxslarni şartli muddatdan avval ozod qiliş imkoniyati istisno qilinadi.