10 dekabr kuni Toşkent şahrida taşkil etilgan Yoşlar forumida iştirok etgan quriliş vaziri örinbosari Şerzod Hidoyatov poytaxt qurilişining boş rejasi keyingi ikki yilda tayyor bölişi, 2023 yilda tasdiqlanişi kutilayotgani haqida gapirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Boş rejani işlab çiqiş uçun dunyodagi yetakçi loyihalaş taşkilotlari bilan muzokara olib borilyapti. Bunda Estoniya, Turkiya, Yevropa va AQŞdagi loyiha institutlarining urbanistikada tajribali bölgan mutaxassislari bilan sözlaşmalar olib borilmoqda. Ayni paytda boş rejani işlab çiquvçi kompaniyani tanlab oliş uçun tanlov ötkazişga tayyorlanyapmiz. 2022 yilda boş reja işlab çiqiladi va muhokamaga qöyiladi. 2023 yilda Toşkent şahrining boş rejasi qabul qilinişi kutilmoqda», — deydi Hidoyatov.
Toşkent şahar hokimi örinbosari Davron Hidoyatov 2019 yil oktyabrda ötgan Senatning yalpi majlisida boş reja 2020 yilda tayyor bölişini bildirgandi.
Eslatib ötamiz, prezidentning 2018 yil avgust oyidagi farmoniga muvofiq, Toşkent şahar hokimi 2019 yil 1 yanvarga qadar Toşkent şahrining boş rejasi konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisidagi prezident qarori loyihasini taqdim etişi kerak edi.
Şuningdek, yuqoridagi farmon bilan şahar hokimiga 2019 yil 1 dekabrgaça tasdiqlangan boş reja konsepsiyasi asosida Toşkent şahrining boş rejasini tasdiqlaş töğrisidagi prezident qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritiş haqida topşiriq berilgandi.
Amalda har ikkala topşiriq ham belgilangan muddatda bajarilmadi. 2019 yil 1 yanvargaça taqdim etilişi buyurilgan konsepsiya avvaliga aprel oyida taqdim qilinişi e'lon qilindi, keyinroq esa may oyida tayyor bölişi aytildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil 27 noyabr kuni «Özbekiston Respublikasi quriliş tarmoğini modernizatsiya qiliş, jadal va innovatsion rivojlantirişning 2021–2025 yillarga möljallangan strategiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi farmoniga muvofiq, 2025 yilga borib şaharlarning barçasini va şahar posyolkalarining 25 foizini boş rejalar bilan qamrab olişga erişiş rejalaştirilmoqda
















