Ekspress test aeroportlarda, temir yöl vokzallarida va çegara punktlarida Özbekistonga keluvçilarning öz hisobidan amalga oşiriladi.

Mazkur tartibga köra, Covid-19’ga topşirilgan PZR testining manfiy natijasi töğrisida ma’lumotnomaga ega şaxslardan ham ekspress test olinadi.

Ekspress test natijalari musbat çiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolaşga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalariga joylaştiriladi yoki uy şaroitida davolanişga yönaltiriladi.

«Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga binoan, Özbekistonga kelişni rejalaştirgan vatandoşlarimiz va xorijiy davlatlar fuqarolaridan 2020 yil 25 dekabrdan boşlab joriy qilinadigan davlat çegarasini kesib ötişning yangi tartibini hisobga olişi söraladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan avvalroq xorijdagi özbekistonlik talabalar uçun koronavirusga test narxi arzonlaştirilgandi.