Bu haqda Qonunçilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritiş orqali bir qator masalalarning ma'muriy sudlardan profilaktik inspektorlariga ötkazilişiga bağişlangan yiğilişda IIV boşqarma boşliği Rahim Naimov aytib ötgan.

Yiğilişda deputatlar tomonidan ma'muriy işlarni körib çiqiş uçun bugungi kunda mahallalarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining salohiyati neçoğlik yetarli ekanligi, bu borada ma'lum tahlillar ötkazilganligini isbotlovçi raqamlarning yöqligi hamda profilaktika inspektorlari tomonidan rasmiylaştirilgan jarimalar davlat budjetiga tuşmasligi tanqid ostiga olindi.

Şuningdek, uşbu norma qabul qilingaç, bu yönalişdagi faoliyat har bir profilaktika inspektorining şaxsiy körsatkiçlariga ta'sir etişi ta'kidlandi. Hozirgi 400-500ta ma'muriy holatlarda aholiga yordam berib, ertaga har bir inspektor şaxsiy körsatkiçi uçun bittadan bunday holatni rasmiylaştirgan taqdirda ham ön minglab fuqarolarni qamrab olişi mumkinligi aytildi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan e'tirozlarga javoban IIV boşqarma boşliği Rahim Naimov bugungi kunda Özbekistonda 9875 nafar mahalla profilaktika inspektorlari faoliyat olib borayotgani, ularning har 4 nafariga 1 nafardan katta profilaktika inspektori biriktirilganligini aytib ötdi.

U bu yönalişda şaffoflikni ta'minlaş uçun Xitoy davlatidan 690 dollardan planşetlar xarid qilinayotganligini ma'lum qildi. 

"Mazkur planşetlar faqatgina javobgarning barmoq izlari monitorga bosilgan taqdirdagina ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştiradi. Bugungi kungaça Namangan, Samarqand va Toşkent viloyati profilaktika inspektorlari uşbu turdagi planşetlar bilan ta'minlangan", — dedi Naimov.

Eslatib ötamiz, “Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi orqali kodeks 110-moddasi 1-qismi, 111-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar böyiça (Şaharlar va boşqa aholi punktlarida it va muşuk boqişning qoidalarini buziş hamda hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş) ma'muriy jazo qöllaş huquqi içki işlar organlari profilaktika inspektorlariga berilmoqda.