Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri örinbosari Saidqahhor Xolxöjayev 2021 yilda aholini tadbirkorlikka öqitiş, öz biznesini yölga qöyiş istagidagi fuqarolar uçun beriladigan mablağlar va imtiyozlar haqida ma'lumot berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«2021 yilda tadbirkorlikka öqitadigan 1000dan ortiq markaz taşkil etiladi. Ularda öqib çiqqan fuqarolarga yordam beriş maqsadida 1 million sömgaça subsidiya ajratiladi. Buning uçun budjetdan 100 milliard söm mablağ yönaltiriladi. Şu bilan birga, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 6 trillion sömdan ziyod kreditlar beriş közda tutilgan.
Ikkinçidan, öz biznesini yölga qöyişda asbob-uskunalar sotib oliş ehtiyojiga ega bölgan fuqarolarga 7 million sömgaça bölgan subsidiyalar ajratiladi.
Şuningdek, dehqonçilik qiliş xohişi bor fuqarolarga 10 sotixdan 1 gektargaça bölgan yerlar beriladi.
Keyingi yilda 27 mingdan ortiq fuqarolarga ipoteka kreditlari olişida boşlanğiç badallari va foiz stavkalariga subsidiyalar ajratiş böyiça 2,4 trillion sömdan ortiq mablağ yönaltiriladi. Bu 2020 yilga nisbatan 2 yarim baravar oşiq degani.
Mazkur işlarni amalga oşirişda vazirlik tomonidan birinçi navbatda örta muddatga möljallangan kambağallikni qisqartiriş strategiyasi konsepsiyasi işlab çiqamiz. Xususan, 2021 yilda kamida 100 ta texnopark va kiçik sanoat zonalari yaratiş rejalaştirilgan. Öz navbatida ularga yetarli miqdordagi infratuzilmani şakllantiriş maqsadida davlat tomonidan 1,6 trillion sömlik mablağ yönaltiriladi», –– dedi vazir örinbosari.
Özbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida ham tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş borasida bir qator vazifalar keltirilgan edi.
















