3 yanvar kuni yarim tunda Samarqand şahridagi 4-maktab qozonxonasida portlaş yuz beradi. Oqibatda maktabda qozonxona nazoratçisi vazifasida işlagan 50 yoşli B.H olgan tan jarohati tufayli kasalxonada vafot etadi.
Samarqand şahar Xalq ta'limi bölimi mazkur voqea haqida rasmiy munosabat bildirdi. Unda hodisa yuzasidan yangi tafsilotlar ma'lum qilingan.
Munosabatda yozilişiça, joriy yil 2 yanvar kuni tunda 4-maktab joylaşgan Samarqand şahar «Ilmobod» MFY hududida elektr energiyasida uziliş kuzatilgan. Natijada 4-maktabning tabiiy gaz bilan işlovçi isitiş qozonlari avtomatlaştirilgan tarzda öçgan. Mahalla va maktabda elektr energiyasining vaqtinçalik uzilişi gaz tarmoğida bosimning ortişiga olib kelgan. (Aksariyat joylarda çiroq öçganda aholi tomonidan işlatilayotgan gaz tortiş uskunalari ham öçadi va gaz bosimi kuçayadi. Katta ehtimol bilan bu yerda ham şunday bölgan). Natijada isitiş qozonining avtomatik öçiş-yoqiş uskunasi işdan çiqqan va undan sizib çiqqan tabiiy gaz qozonxona içida töplangan.
Şundan söng qozonxona nazoratçisi B.H. isitiş qozonini yoqmoqçi bölganida qisqa öt çaqnaşi ortidan portlaş sodir bölgan. Oqibatda B.H. oğir tan jarohati olib, Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati bölimiga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, B.H. 2020 yil 2 noyabrdan boşlab 4-maktabga mavsumiy qozonxona işçisi vazifasiga tayinlangan. 2 yanvar kuni B.H. navbatni qabul qilib olişda qozonxonadagi isitiş qozonlari soz holatda ekanligini tasdiqlab daftarga imzo qöygan.
Ta'kidlanişiça, Samarqand viloyati XTB rahbariyati tomonidan marhum B.H.ning oila a'zolari holidan xabar olingan va moddiy yordam körsatilgan.
Avvalroq Samarqand viloyati IIB hodisa yuzasidan tegişli davlat idoralari tomonidan örganiş, suriştiruv işlari olib borilayotganini ma'lum qilgan edi.

















