Telegram asosçisi bölgan Pavel Durov bu borada öz fikrlarini bildirdi: «Millionlab odamlar WhatsApp'ning foydalanuvçilar bilan tuzilgan şartnomasiga kiritilgan özgarişdan hayratga tuşdi. Unga köra, endi WhatsApp foydalanuvçilarining şaxsiy ma'lumotlari Facebook'ga yetkazib turiladi. Bu esa bir neça yildan buyon davom etayotgan odamlarning WhatsApp'dan Telegram'ga «köçib ötiş» tezligini yanada oşirdi», degan Durov.
Telegram'ning rossiyalik asosçisi uning messenjeri Facebook uçun jiddiy muammo bölgani haqida ham gapirdi: «Eşitişimça, Facebook'da Telegram nega bu qadar maşhurligini aniqlaş uçun butun boşli guruh tuzilgan», deydi Durov. Telegram asosçisi messenjerni yomonlab xabar tarqatuvçi botlar aniqlanganini ham ma'lum qildi.
WhatsApp foydalanuvçilarning ma'lumotlarini Facebook'ga berişi haqidagi xabar butun dunyo böylab messenjerdan foydalanuvçilar tanqidiga sabab bölgandi. Kompaniya bu işni Facebook'ga tegişli ekani bilan izohlagan: «Facebook'ning bir qismi sifatida WhatsApp kompaniyaning boşqa tarmoqlaridan ma'lumotlar oladi va endilikda ularni ulaşadi ham», deyilgandi WhatsApp bayonotida. Unda ma'lumot almaşiş siyosati Facebook'ga qaraşli kompaniyalarda xavfsizlikni ta'minlaşda yordam berişi aytiladi.
Dunyo böylab katta maşhurlikka erişgan WhatsApp 2014 yil Facebook tomonidan 19 milliard dollarga sotib olingandi. Ötgan yil oktyabrda AQŞ Adliya vazirligi Facebook'ni WhatsApp va Instagram'ga egalik qilişi sabab monopollikda aybladi. Biroq Facebook bu savdolarni vazirlikning özi tasdiqlaganini aytib, vaziyatdan çiqib ketdi.
Telegram'ning dunyo böylab foydalanuvçilari soni 500 milliondan köpligi aytiladi.

















