«2020 yilda Özbekiston prezidentining 17 ta farmoniga asosan 8310 nafar fuqaroligi bölmagan şaxs Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi va 141 nafar fuqaroligi bölmagan şaxsning Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qiliş haqidagi iltimosnomalari qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi prezidentining 72 ta farmoniga asosan jami 18631 nafar fuqaroligi bölmagan şaxs Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan. Jumladan, 2016 yil 179 nafar, 2017 yilda 1064 nafar, 2018 yilda 2760 nafar, 2019 yilda 6318 nafar şaxsga Özbekiston fuqaroligi taqdim etilgan.

Körsatkiçlardan körinib turibdiki, yildan yilga fuqarolikka qabul qilinayotganlarning soni oşib bormoqda. 1992 yildan 2016 yilga qadar respublika böyiça jami 482 nafar fuqaroligi bölmagan şaxs Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan», — deb aytgan Dilşodbek Murodbekov 12 yanvar kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida.

Avvalroq IIV Fuqarolikni rasmiylaştiriş va migratsiya boşqarmasi boşliği, polkovnik Uluğbek Muhammedov 2020 yilda prezidentning 16 ta farmoniga asosan 7419 nafar fuqaroligi bölmagan şaxs Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganini bildirgan edi.

Prezident tomonidan 2020 yil 13 mart kuni imzolangan «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunga bilan 1995 yilgaça respublikaga köçib kelganlarga Özbekiston fuqaroligini töğridan töğri beriş tartibi belgilangan edi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2020 yilning 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yöllagan murojaatida mamlakatimizga 2005 yilgaça köçib kelib, 15 yil davomida muqim yaşagan fuqaroligi bölmagan şaxslarga töğridan töğri Özbekiston fuqaroligini beriş tartibi joriy qilinişi, buning natijasida 20 ming kişi Özbekiston fuqarosi böliş imkoniyatiga ega bölişini ma'lum qilgandi.