12 yanvar kuni Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida vazir Sardor Umurzoqov va uning örinbosarlari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda boş vazir örinbosari mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari faoliyatini tanqid qilgan.
«Tadbirkorlar öz manfaatini, qanday işlaş, qayerdan mahsulot olib, qayerga sotiş kerakligini bizdan, ya'ni davlat amaldorlaridan yaxşi biladi. Afsuski, Özbekistondagi eng katta muammo juda köp holatlarda amaldorlar özini tadbirkordan aqlliroq bilişadi, tadbirkorga nima manfaatli ekanini, xuddiki, undan yaxşi biladigandek harakat qilişadi. Bu holat 26 yildan beri bor va hozirda buni asta-sekin kamaytirişga harakat qilyapmiz. Biz tizimli masalalarga yeçim topganimizda bu muammo özidan özi yeçiladi», – dedi vazir.
Özbekistonning Turkiyadagi elçisi Alişer A'zamxöjayev ikki yil avval Kun.uz’ga bergan intervyusida ham çet ellik sarmoyadorlarni Özbekistonga investitsiya kiritişdan tösayotgan muammolardan biri sifatida qonun ustuvorligining yöqligi, joylarda har bir iş mahalliy hokimlik rahbarlariga boğliq bölib qolganligini ta'kidlagandi.
Bundan taşqari, ötgan yili 28 noyabrda taşkil etilgan yiğilişda Sardor Umurzoqov eksportçi korxonalarga gaz va elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berişni ta'minlaşga qaratilgan tezkor çora-tadbirlar köriş haqida gapirgandi. Şuningdek, taşqi iqtisodiy faoliyat samaradorligiga tijorat banklari tomonidan eksportçilarga moliyaviy yordam körsatişda yetarli darajada faol emasligi ham körsatilgandi.

















