Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, uçraşuvda tomonlar prezident Şavkat Mirziyoyevning taşabbuslarini amalga oşiriş borasidagi işlar va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini ta'minlaş, xalq farovonligini izçil oşirişga qaratilgan keng kölamli islohotlarni muhokama qildi.
Özbekiston dunyo va mintaqadagi özgaruvçan vaziyat hamda keng kölamli içki yangilanişlarni hisobga olgan holda oçiq, özaro manfaatli va konstruktiv taşqi siyosatni amalga oşirayotgani qayd etildi.
Vazir mamlakat taşqi siyosatining asosiy ustuvor yönalişi Markaziy Osiyo davlatlari bilan döstona va konstruktiv munosabatlarni mustahkamlaş ekanini qayd etdi.

“Özbekiston yuritayotgan siyosat mintaqada tinçlik va barqarorlikni ta'minlaşga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal qilişga, jumladan, Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştirişga qaratilgan”, - deyiladi ma'lumotda.
Suhbatdoşlar xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, iqtisodiy diplomatiyani ilgari suriş va mintaqaviy savdo-iqtisodiy kooperatsiyani mustahkamlaş böyiça belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oşirişga tayyor ekanliklarini bildirdi.

















