Joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:00larda Toşkent şahar, Yunusobod tumani, Yangi Yunusobod köçasida joylaşgan kafe röparasida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 2001 yilda tuğilgan X.X. “Neksiya-2” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tezlikni pasaytirgan vaqtida uning ortidan kelayotgan, 1996 yilda tuğilgan S.N. boşqaruvidagi “Neksiya-3”, 1977 yilda tuğilgan N.R. boşqaruvidagi “Epika”, 1984 yilda tuğilgan M.S. boşqaruvidagi “Neksiya-2”, 1993 yilda tuğilgan A.V. boşqaruvidagi “Matiz” va 1992 yilda tuğilgan I.R. boşqaruvidagi “Matiz” avtomobillari iştirokida oldinma-ketin töqnaşuv sodir bölgan.

Töqnaşuv natijasida tan jarohati olganlar yöq. YTH yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.