Qayd etilişiça, ötgan yili Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar, davlat organlari va boşqa taşkilotlarning uyma-uy yuriş, murojaatlar bilan işlaş, ijtimoiy va boşqa obektlarda aniqlangan muammolarni hal qiliş borasidagi faoliyati tizimli örganilib, körib çiqilişi majburiy bölgan 3353ta taqdimnoma kiritilgan. 

Taqdimnomalarga asosan 3108 nafar mas'ul xodim javobgarlikka tortilgan, şundan 201 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 286 nafariga jarima qöllanilgan, 1467 nafariga hayfsan e'lon qilingan, 1154 nafar mas'ul xodim esa rasman ogohlantirilgan.

Bundan taşqari, 2020 yilda prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan murojaatlar ijrosi böyiça xalq deputatlari kengaşlari majlislariga Xalq qabulxonalari tomonidan 743ta axborot kiritilgan. Unga köra 1759 nafar sektor yoki davlat idoralari rahbarlarining hisobotlari eşitilgan.

Kiritilgan axborotlar va eşitilgan hisobotlar natijasi böyiça 752 nafar mas'ul xodim aholi murojaatlari bilan talablar darajasida işlamagani uçun javobgarlikka tortilgan. Ularning 26 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 20 nafariga jarima qöllanilgan, 89 nafariga hayfsan e'lon qilingan, 617 nafar mas'ul xodim esa rasman ogohlantirilgan.