Özbekiston çempionatining ötgan mavsumida ikkinçi örinni qölga kiritgan Qarşining «Nasaf» klubi öz stadioni nomini hamkorlik asosida sotmoqçi. Bu haqda klub rasmiy Telegram-kanalida e'lon qilindi.
Kanalda e'lon qilingan videorolikda «Nasaf» klubi tadbirkorlarni hamkorlikka çorlagan. Unda klub stadionining turli qismlarida, futbolçilarning liboslarida reklama joylaştiriş mumkinligi aytiladi. Şuningdek, «Nasaf» klubi stadioni nomi ham sotiladi. Ya'ni, kelişilgan miqdorda pul tölagan korxona belgilangan muddatda «Nasaf» klubi stadioni nomini öz korxonasi yoki mahsuloti nomiga özgartiriş huquqiga ega böladi. Ayni damda stadion «Markaziy» deb ataladi.
Oxirgi vaqtlarda «Nasaf» muvaffaqiyatli mavsum ötkazgani qaramay, qiyin moliyavaiy holatni boşdan ötkazayotgani ma'lum. Şu sabab «Nasaf» öz maşhurligidan maksimal darajada foydalanib, mavsumni kötarinki kayfiyatda yakunlagan jamoani saqlab qolmoqçi.
Ma'lumot uçun, «Nasaf» ötgan mavsum çempionatda ikkinçi örinni egallagan bölsa-da, OÇLda qatnaşa olmaydi. Çunki jamoa musobaqada qatnaşiş uçun maxsus litsenziya olmagan.
«Nasaf» rasmiy xalqaro musobaqada ğolib bölgan yagona özbek klubi hisoblanadi. Qarşi klubi 2011 yil OFK kubogida ğolib bölgan. Ukrainalik Anatoliy Demyanenko murabbiyligidagi «Nasaf» öşa musobaqa finalida Ilhom Şomurodov va Andrey Pereplyotkinning gollari evaziga Kuvaytning «Al Kuvayt» jamoasini mağlub etgan. «Nasaf» yetakçisi Artur Gevorkyan musobaqaning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.
«Nasaf»ni 8 yildan buyon Röziqul Berdiyev boşqarib keladi. Uning qöl ostida jamoa Özbekiston çempionatida 4 marta bronza, 3 marta kumuş medallarni qölga kiritgan bölsa, bir martadan Özbekiston Kubogi va mamlakat superkubogini qölga kiritgan. Berdiyev «Nasaf»dagi faoliyatida 4 marta Özbekistonning eng yaxşi murabbiyi bölgan.

















