Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş agentligi axborotiga köra, 20 yanvar kuni Turkiyaning logistika sohasida işlovçi «Öznakliyat Kara Taşımacılığı A.Ş» kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv taşkil etilgan.
Uçraşuvda meva-sabzavot va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini töğri saqlaş va çuqur qayta işlaş uçun zamonaviy agrologistik majmualarni quriş muhokama qilingan.
Agentlik xabariga köra, Özbekistonda yiliga 20 million tonnadan ziyod meva va sabzavotlar yetiştirilişi, ammo faqatgina 10 foizdan kamroği eksport qilinadi.
Özbekiston tomoni qişloq xöjaligi majmuasini quriş uçun hudud sifatida Toşkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarini körib çiqişni taklif qilgan. Turkiya tomoni esa yirik çakana savdo tarmoqlariga sabzavot va mevalarni yetkazib berişdan ham manfaatdorligini va komplekslarni poytaxtga yaqinroqda quriş masalasini taklif qilgan.
Avvalroq, Söx tumanida qöşni Qirğiziston Respublikasi bilan hamkorlikda logistika markazi va döstlik uyi taşkil qilinişi haqida xabar berilgandi.
Bundan taşqari, 2020 yil 9 dekabr kuni Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi va Fransiyaning Özbekistondagi elçixonasi kömagida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi va Fransiyaning Rungis Semmaris (Ranjis Sammaris) kompaniyasi örtasida hadli bitim onlayn tarzda imzolangan.
Rungis Semmaris kompaniyasining iştiroki bilan Qişloq xöjaligi vazirligi Özbekistonda va Markaziy Osiyoda yagona bölgan, yuqori xalqaro standartlarga muvofiq sakkizta yirik agrologistika markazlar tarmoğini yaratiş va boşqariş loyihasi amalga oşirişni rejalaştirmoqda.

















